Skip to content

Latest commit

 

History

History
53 lines (37 loc) · 3.09 KB

File metadata and controls

53 lines (37 loc) · 3.09 KB

GDG-DevFest-App-Hackathon

Boshqa tillarda o'qing: English, Русский

Tavsifnoma

GDG Tashkent va IT Park’dan Hackathon:Build Devfest app! GDG Tashkent IT Park bilan hamkorlikda ilk Android xakatonini mamnuniyat bilan e’lon qiladi: “DevFest App Hackathon” onlayn formatda o‘tkaziladi.

DevFest bu nima?

DevFest'lar — bu butun dunyoda Google dasturchilari guruhi tomonidan boshqariladigan dasturchilar jamoasi uchun mo‘ljallangan tadbir. GDG, Google texnologiyalarini o‘rganish va uyushmalar tuzishga yo‘naltirilgan.

DevFest'lar Android, Firebase, Google Cloud Platform, Google Assistant, Flutter, TensorFlow bilan machine learning va mobil internet kabi bir nechta mahsulotlarni qamrab oladi. Xakaton doirasida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ro'yxatdan o'tish

Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 23-sentyabrigacha qabul qilinadi. Xakaton 2020-yil 24-sentyabrida start oladi. Ishlarni bajarish va topshirish muddati – 2020-yil 2-oktyabrigacha. IT Park va GDG Tashkent jamiyatimizga foyda keltiradigan eng amaliy, ijodiy va chiroyli ilovalarni ko‘rishni maqsad qilib olishgan.

Tadbir tashkilotchilari O‘zbekistonda yirik IT jamiyatini yaratish va qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Sovrinlar:

1-o‘rin: Amazfit GTS Smart Watch;
2-o‘rin: 1-avlod Google Home Mini;
3-o‘rin: Xiaomi Mi Band 5.

Baholash mezonlari:

  • Kod sifati - taqdim etilgan kod bazasi Android tavsiyalari va umumiy dizayn shablonlariga qanchalik mos keladi. Ish shuningdek, SOLID, KISS va boshqalar kabi umumiy Android standartlari va kodlash bo‘yicha baholanadi.

UI/UX - sizning ilovangiz qay darajada yaxshi UI/UX dizayniga ega. Maksimal ballni olish uchun Material Design’dan foydalanishni va UX’ni takomillashtirish zarur bo‘lganda maqbul animatsiyani qo‘llashni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, UI/UX ning boshqa asosiy standartlari ham ko‘rib chiqiladi

Loyihani qanday topshirish mumkin?

  • Kodni yangi GitHub loyihasiga yuklab oling;
  • Readme faylini yangilang;
  • Ushbu repositoryni fork qiling;
  • Izohda to‘liq ismingiz va Github URL qoldirish uchun so‘rov yuboring. Misol uchun: To‘liq ismi: Nuruddin Iminokhunov URL manzil: https://github.com/gdgashkent/GDG-DevFest-App-Hackathon/

Kimlar ariza toshirishi mumkin?

Har qanday talaba, universitet bitiruvchisi, dasturlashni yaxshi ko‘radigan dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jamoasi, o‘rta maktab bitiruvchilari, kollej bitiruvchilari va dasturlashni yoqtiradigan istalgan kishi. Qo'shimcha savol va muorajaatlaringizni Telegram guruhimizga berilgan havola orqali qoldirishingiz mumkin: Telegram guruhga qo'shilish

Hakamlar ro‘yxati:

Axrorxo‘ja Yodgorov - Super Dispatch’da mobil dasturchi
Sardor Islomov - Payme’da mobil dasturchi
Nuruddin Iminoxunov - PRO Unlimited @ Facebook’da mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
Mamurjon Qodirov - dasturchi, bekend. “UDEVS” MCHJ asoschisi va texnik direktori
Azizbek Baxodirov - UI/UX Designer