Bu loyiha veb-platforma shaklida (www.toodle.uz) faoliyat olib boradi. G'oyaning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini o’zlashtirishini nazorat qilishning online shaklini joriy qilishdan iborat. Saytga o’qituvchi ta’lim berayotgan fanning sinflar kesimida har bir mavzu bo’yicha testlar yaratib, o’quvchiga yuboradi. O’quvchilar o’z login parollari bilan kirib mavzulashgan test savollariga javob yo’llaydilar. Javoblar usha zahoti o’qituvchining sahifasida o’zlashtirish foizlarida hosil bo’ladi. E’tiborli jihati, endi o’quvchi bitta fandan choraklikda 4-5 ta baho olsa, bizning holatda barcha mavzulardan nazoratdan o’tishi kerak. Buning natijasida REAL o’zlashtirishni aniqlash imkoniyati paydo bo’ladi.
- Real o‘zlashtirishni ko‘rsatib berish;
- O‘quvchi uyida kitobni ochib ko‘rishiga majbur qilish;
- qog‘ozbozlikdan voz kechish;
- Testni baholashda holislikni ta’minlash va inson resurslarini kamaytirish;
- Onlayn nazoratni ta’minlash;
- Test tuzish malakasi shakllantirish;
- Xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish;
- Excel dasturida ishlashni o‘rganish;
- Xususiy yoki nodavlat ta’lim muassasalari kabi yakkama-yakka metodka asosan xussi repetitor kabi ishlashga o’rgatish;
- o‘qituvchilarning ishga layoqatlik darajasini ko‘rsatib beradi;
- ota-onalarni farzandlarining real bilimini kuzatishga imkon yaratadi;
- real bilim bu barcha mavzularning o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi oshkor bo‘ladi;
- boshlang‘ich sinflarda ota-onalar farzandlari bilan dars tayyorlab birgalikda test yechish imkoniyati ortadi, ingliz tili va rus tilidan test tarzida berilgan so‘zlarning tarjimasini topish zavqli mashqqa aylanadi;
- matematik formulalarni kiritishda matematika, fizika, kimyo va informatika o’qituvchilarining unicodlarni o‘zlashtirishi kelib chiqadi;
- o‘quvchilarni o‘zlashtirish ko‘rsatgichiga qarab ota-onalar farzandining imkoniyatlarini aniqlab oladilar va kasbga yo‘llashda bunga e’tibor beradilar.
O‘quvchilarning test sinovlarida ishtirokini kuzatib borish, tahlil qilish va urinishlar sonini hisoblash.
Contact: LinkedIn
Contact: Github
Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag'ishlab "Digital Generation Uzbekistan" Nodavlat Notijorat Muassasasi tomonidan Respublika miqyosida katta hackathonlarga start beradi! Hackathon bu dastur ishlab chiquvchilarning o‘ziga xos forumi bo‘lib, unda dasturiy taʼminot sohasining turli yo‘nalishlari mutaxassislari biror-bir muammoni hal qilish uchun birgalikda harakat qilishadi.
Barcha shartlar va batafsil ma'lumot: https://hackathon.digitalgeneration.uz/
Digital Generation Uzbekistan




